Sog‘liq — inson hayotidagi eng qimmatli boylik. Uni asrab-avaylash va mustahkamlash uchun sifatli, qulay va ishonchli tibbiy xizmat zarur. Bu yo‘nalishda oilaviy poliklinikalar alohida o‘rin tutadi. Ular nafaqat bemorlikda davolash, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olishda ham muhim vazifani bajaradi.

Qayd etish lozimki, o‘tgan davrlarda hududlardagi oilaviy poliklinikalarda bir qancha kamchiliklar kuzatilgan. Xususan, aksariyat muassasalarning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati, dori-darmon va tibbiy buyumlar ta’minoti hamda patronaj xizmati islohotga muhtoj bo‘lgan. Bu kabi muammolar uzoq yillar davomida aholining noroziliklariga sabab bo‘lib kelgan. Davlatimiz rahbarining tashabbusi va tavsiyalari bilan bugun poliklinikalar faoliyati tubdan yaxshilandi. Joylardagi ta’mirtalab muassasalar qayta ta’mirdan chiqdi, ba’zi joylardagi tibbiy xizmat punktlari yangi binoda yangicha mezonda ish boshladi.

Tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar sababli, bugungi kunda oilaviy poliklinikalarda qulay joyda joylashuv, asosiy tibbiy xizmatlar davlat tomonidan qoplanishi, to‘liq qamrovga egaligi, tibbiy tarixning uzluksiz yuritilishi hamda  kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va oldini olish kabi afzalliklar yaratildi.

Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan 62-sonli oilaviy poliklinikada bugun 30 ming nafar fuqaro ro‘yxatga olingan.  

Poliklinikada bolalar hamda fizioterapiya bo‘limlari, kunduzgi statsionar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mutaxassislik xonalari va laboratoriyalar barcha zarur anjomlar bilan jihozlangan. Xorijdan eng so‘nggi rusumdagi fizioterapiya uskunalari keltirilgan. Bepul tarqatiladigan dorilar va shifokor qabulidan oldingi ko‘rik xonalari tashkil etilgan.

Endilikda 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan aholi salomatlik profili (ovqatlanish xarakteri, tamakiga qaramlik, tana vazni indeksi, arterial bosim, qondagi qand va xolesterin darajasi va boshqalar)ni baholashi, 40 yoshdan oshgan aholi oilaviy poliklinika va tibbiyot brigadalari orqali manzilli skrining tekshiruvlaridan o‘tishi mumkin.

Xo‘sh, oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlarida aholi qanday tibbiy xizmatlardan foydalanishi mumkin?

–Oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlarida oilaviy shifokor xizmatlari, hamshira xizmatlari, poliklinikaning shifokorlari tomonidan bemorni ko‘rikdan o‘tkazish va davolash, nikohga kirishayotgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, vaksinatsiya, tashxis qo‘yish (EKG, UZI, rentgen, arterial qon bosimini o‘lchash, qon va peshob tahlili), kichik jarrohlik aralashuvi, operatsiyadan keyingi terapiya, tug‘ishdan avvalgi va keyingi kuzatuv, patronaj (homilador ayollar, yangi tug‘ilgan bolalar, keksalarga uyida davolash-profilaktika yordamini ko‘rsatish, fizioterapiya, oilani rejalashtirish, sog‘lom ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish, emizikli bolani ovqatlantirish, bolalar va keksalarni parvarish qilish bo‘yicha maslahat olish kabi tibbiy xizmatlardan foydalanish mumkin, –deydi 62-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokori Feruza Mirzayeva. – Shuningdek, bemorning statsionarda davolanishi yoki boshqa tibbiy muassasaga yuborish xususida ham ko‘rsatmalar beriladi. Mehnatga layoqatsizlik haqida varaqa ochish va sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumotnomalar ham oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlaridan olinadi.

Homilador ayollar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, keksa odamlarga (bemorga) xizmatlar joyiga borib ko‘rsatilishi mumkin. Buning uchun bemor klinikaga qo‘ng‘iroq qilishi va so‘rov qoldirishi yoki boshqa yo‘l bilan shifokorni chaqirish zarurligi to‘g‘risida poliklinikaga xabar berishi kerak.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ham aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish maqsadida tibbiyotga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmini 2 barobarga oshirish, tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatini birlamchi bo‘g‘inning o‘zida hal etishga erishish hamda tibbiyot muassasalarini raqamlashtirishni 100 foizga yetkazish kabi vazifalar belgilab berilgan.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlarida qanday tibbiy xizmatlardan foydalanish mumkin?