Og‘ufurushlar ichki ishlar xodimlari ekan
Buxoroda ikki nafar yuqori unvonli ichki ishlar idoralari xodimi narkotik moddalarga aloqador jinoyat bilan ushlandi.
Buxoro viloyati DXX boshqarmasi tomonidan “Ixtiyor” va “Farrux” ismli narkotik sotuvchilar tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.
Og‘ufurushlarning bittasi jinoyat qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i, ikkinchisi JQB katta tezkor vakili bo‘lib chiqdi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25-moddasi, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov,
O‘zA muxbiri