O‘g‘lonlar Vatanga qasamyod qildi
FOTOREPORTAJ
Vatanga qasamyod kechagina paydo bo‘lib qolgan an’ana emas. Bu qanchadan-qancha sarkardalarimiz, botirlarimiz tilida yangragan va so‘nggi nafasgacha yurakda saqlanadigan muqaddas ontdir.
Shu kunlarda Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarning “Vatanga qasamyod” marosimlari o‘tkazilmoqda.
[gallery-22929]
Ushbu tadbir “Chirchiq” poligonida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar va qo‘mondonliklarning mas’ul ofitserlari o‘z nutqida Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimiz xavfsizligi, tinch va osoyishta hayotni ta’minlashda yuksak samaralar berayotgani xususida so‘z yuritib, harbiy xizmat har bir o‘g‘lon uchun sharafli burch ekanini ta’kidladi. Alp yigitlarga zimmasidagi vazifani bajarishda ulkan zafarlar tilandi.
Shuningdek, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar yurt osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilishga bel bog‘lagan o‘g‘lonlarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdi.
Yosh askarlar yurtimiz sarhadlarini, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini so‘nggi nafasi qolgunicha himoya qilishga ont ichib, Vatanga qasamyod qildi.
Kamola YUSUPOVA, Muhammad AMIN (surat), O‘zA