Obameyang La Ligada 20 yillik rekordni yangiladi
37 yoshli hujumchi chempionatning barcha to‘rtta uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
“Deportivo” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang La Ligadagi yangi mavsumni ajoyib boshladi. Gabonlik futbolchi dastlabki to‘rtta turda 4 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi.
37 yoshli hujumchi chempionatning barcha to‘rtta uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Vilyarreal”ga qarshi bahsda esa Obameyang gol bilan birga jamoadoshlariga ikki marta assist ham qildi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, Obameyang La Ligada bir klub safidagi dastlabki to‘rtta o‘yinining barchasida golli harakat qayd etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. U bunga 37 yosh-u 79 kunligida erishdi.
Avvalgi rekord Fernando Moryentesga tegishli edi. Ispaniyalik hujumchi 2006-yilda “Valensiya” safidagi dastlabki to‘rtta La Liga uchrashuvida golli harakat qayd etganida 30 yosh-u 193 kunlik edi.