OAV: Tunis sohilida savdo kemasi cho‘kib ketdi
Savdo kemasi Tunisning Gabes shahri porti yaqinida suvga cho‘kib ketgan, ekipaj a’zolari qutqarib olindi, deb xabar tarqatgan Mosaique FM radiostansiyasi fuqaro mudofaasi boshqarmasi bergan ma’lumotga tayanib.
Manbada aytilishicha, yetti kishidan iborat ekipaj a’zolarining barchasi qutqarib olingan va Gabes shahri kasalxonasiga keltirilgan. Ular Turkiya va Ozarbayjon fuqarolari bo‘lib, ayni paytda ahvoli yaxshi.
Xabarda aytilishicha, kema Ekvatorial Gvineyadan kelayotgan bo‘lgan. Kemaga suv kira boshlagandan keyin, u suvga cho‘ka boshlagan. Shundan keyin kema ekipaji halokatni bildiruvchi raketa uchirgan. Ularni sohil qo‘riqchilari payqagan.