OʻzMUda yil sarhisobi
Oʻzbekiston Milliy universitetining navbatdagi Ilmiy Kengashida yakunlanib borayotgan yil sarhisobi boʻldi.
Oʻzbekiston Milliy universitetining navbatdagi Ilmiy Kengashida yakunlanib borayotgan yil sarhisobi boʻldi.
Bu yil Milliy universitet uchun tub burilish yili boʻldi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bu oliy dargohga tashrifi, 2019-2023-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Qarori bu jamoaga katta masʼuliyat, universitetning flagman universitet maqomiga chiqishi uchun ustuvor vazifalar yukladi.

Katta maqsadlar va vazifalarni tizimli amalga oshirish borasida yetakchilik qilib, yosh kadrlarni tarbiyalab, ilm-fan rivojiga, universitet istiqboliga oʻz hissasini qoʻshayotgan bir qator olimlarimiz universitet rahbariyati tomonidan eʼtirof etildi va moddiy ragʻbatlantirildi.
Oʻzbekiston Milliy universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qoʻshgan hissasi hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashdagi faolligi uchun akademiklar Shavkat Alimov, Abdugʻofur Mamadalimov, Kamil Muqimov , Mirzayusuf Musaxanov, Nusrat Parpiyev, Azimbay Sadullayev, Anatoliy Sagdullayev, Joʻraqul Sattorov, Shakir Farmanov, Djavvat Xadjiyev ehtirom bilan eʼtirof etildilar.

“Researcher of the Year” nominatsiyasi boʻyicha eng yuqori h-index uchun Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti direktori, “Biofizika” kafedrasi professori, akademik Ravshan Sobirov, “Top researcher in University” nominatsiyasi boʻyicha Skopus bazasida Universitet nomi bilan eng koʻp maqola chop etgan olim “Fotonika” kafedrasi professori Uygʻun Valiyev, “Researcher of the Year” nominatsiyasi boʻyicha 2019 Skopus bazasida eng koʻp maqola chop etgan yilning eng faol olimlari “Algebra va funksional analiz” kafedrasi mudiri Baxrom Omirov ( 2019-yilda Skopus bazasida 11 ta maqola chop etgan hamda h=15) hamda shu kafedra professori Vladimir Chilin (2019-yilda Skopus bazasida 4 ta maqola chop etgan hamda h=6) mukofotlandi.
“Women Researcher of the Year” nominatsiyasi boʻyicha yilning eng faol olima ayoli, “Biotexnologiya” kafedrasi professori Dilfuza Egamberdiyeva taqdirlanadi. Egamberdiyeva Dilfuza 2019-yilda Skopus bazasida 7 ta maqola chop etgan, hamda h=28 ni tashkil etadi.

“Young Researcher of the Year” nominatsiyasi boʻyicha yilning eng faol yosh olimlari va 2019-yilda Skopus bazasida eng koʻp maqola chop etgan olimlar deb “Fotonika” kafedrasi dotsenti Ulugʻbek Shaislamov (4 ta maqola chop etgan. h=8), “Algebra va funksional analiz” kafedrasi professori Abror Xudoyberdiyev (3 ta maqola chop etgan.h=8) taqdirlandi.
Respublikamizdagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etgan professor-oʻqituvchilar, xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop etgan yosh ilmiy tadqiqotchilar ham moddiy ragʻbatlantirildi.
OʻzMU axborot xizmati