Oʻzbekistonning ixtirochi ayollari oʻrtasida tanlov boʻlib oʻtadi
Tanlovning birinchi bosqichida 4000 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Yakuniy bosqichda 250 dan ziyod xotin-qiz ishtirok etdi.
Poytaxtimizdagi Turin politexnika universitetida Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Oʻzbekiston ixtirochi ayollari markazi tomonidan “Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III respublika tanlovining yakuniy bosqichi oʻtkazilmoqda.
Anʼanaviy tarzda oʻtkazilayotgan “Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” respublika tanlovi ixtirochilik, ratsionalizatorlik va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib, oʻz qobiliyatini namoyon etayotgan xotin-qizlar ishtirok etadi.
Tanlovning birinchi bosqichida 4000 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Yakuniy bosqichda 250 dan ziyod xotin-qiz ishtirok etdi. Uning doirasida iqtidorli xotin-qizlarning innovatsion loyihalari, ishlanmalari, texnologiya va dasturiy mahsulotlari boʻyicha koʻrgazmalar ham tashkil etildi.
“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” III respublika tanlovining yakuniy bosqichi doirasida forumlar, mahorat darslari, taqdimotlar, maʼrifiy seminarlar boʻlib oʻtadi. Tanlovning gʻoliblari esa 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida eʼlon qilinadi.