Oʻzbekiston jahon matbuoti sahifalarida
Pokiston ommaviy axborot vositalari Oʻzbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga qoʻshgan hissasi toʻgʻrisida
Pokiston ommaviy axborot vositalari Oʻzbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga qoʻshgan hissasi toʻgʻrisida
Pokistonning ingliz tilida nashr etiladigan “The National Herald Tribune” gazetasida Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini nishonlash haqida maqola chop etildi. Fashizm ustidan umumiy gʻalaba qozonishda oʻzbek xalqi ulkan hissa qoʻshdi, deb xabar qiladi gazeta. Ikkinchi jahon urushi paytida respublikada istiqomat qiladigan 6,5 million nafar kishidan bir yarim million nafari frontga ketgan, ularning 420 ming nafari jang maydonlarida halok boʻlgan, 640 ming nafari esa, turli darajada yaralangan. Respublikada 15 ta diviziya va brigada yigʻilgan.
120 ming nafar oʻzbeklar urush yillarida koʻrsatgan jasorati, mardligi va qahramonligi uchun turli orden va medallar bilan mukofotlangan, ularning 338 nafariga Qahramon unvoni berilgan, 53 nafari “Shon-sharaf” ordeni sohibi boʻlganlar.
Oʻzbek sanoati frontga 2 100 ta samolyot, 17 342 ta aviamotor, 17 100 ta minomyot , 22 millionta mina, 560 mingta snaryad, 2 milliondan ortiq aviabomba, qariyb 1 millionta granata, 330 000 ta parashyut, 5 ta bronepoyezd, 18 ta harbiy-sanitar poyezdlari va boshqa zarur mahsulotlarni yetkazib bergan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Ikkinchi jahon urushidagi fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga oʻzbek xalqining qoʻshgan munosib hissasini abadiylashtirish maqsadida respublika poytaxtida Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Majmua mehmonlari urush yillari muhitini koʻrib tomosha qilish, tarixiy voqealarga shoʻngʻish imkoniyatiga ega boʻladilar, – deb yozadi “Islamabad Post”.
* * *
Oʻzbekiston ustidan liberalizatsiya shamoli esmoqda
Maqola muallifi Benjamin Kenelning qayd etishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev yuritayotgan siyosat samarasida, mamlakatda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Muallifning fikricha, Oʻzbekiston koʻplab islohotlar va loyihalarni amalga oshirmoqda. Maqolada energetika mustaqilligini taʼminlash, jumladan AES qurilishi boʻyicha tadbirkorlik choralari amalga oshirilayotgani bayon qilinadi. Qashqadaryo viloyatida “Uzbekistan GTL” sintetik suyuq yonilgʻi ishlab chiqaradigan zavod qurilishi ana shunday misollardan biri boʻlib, uning mahsulotlari nafaqat ichki bozorni taʼminlashga, balki eksportga ham yoʻnaltirilgan.
Oʻzbekistonda “Orano” (uran konlari razvedkasi va qazib olish), “Total Eren” (quyosh energetikasi sohasi), “Carrefour” (doʻkonlar tarmogʻi), “Veolia” (suv tozalash) boʻyicha muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan fransuz kompaniyalari va boshqa korxonalar alohida sanab oʻtilgan. Jurnalistning fikricha, yuritilayotgan ochiqlik siyosatining teskari tomoni ham bor. Oʻzbekiston koronavirus pandemiyasining taqalishini ham boshdan kechirdi. Biroq muallifning qayd etishicha, Hukumatning olib borayotgan chora-tadbirlari samarasida Covid-19 ning salbiy oqibatlari muvaffaqiyatli bartaraf etilmoqda.
* * *
NUR-SULTON. “Kazinform” xalqaro axborot agentligi.
Ilgari vazirlar Chimkent shahrida uchrashgan edilar. Sardoba suv omborining keyingi taqdiri ushbu muzokaralarning bosh mavzusi boʻlgan edi. Qozogʻiston ushbu inshootning tex auditida ishtirok etishi qayd etildi. Hukumat toshqin oqibatida turar joylaridan ayrilgan fuqarolar uchun Turkiston viloyatida 3 mingdan ziyod uy qurish ishlarini boshlab yubordi.
* * *
Xitoy Oʻzbekistonga paxta yetishtirish uchun suvni tejaydigan texnologiyalarni yetkazib berdi
Xitoy-oʻzbek markazining loyihasiga koʻra, texnologiyaning qamrab olish koʻlami kengaytiriladi hamda texnik ekspluatatsiya boʻyicha mahalliy mutaxassislarni oʻqitish ham rejalashtirilgan. Tomchilab sugʻoradigan suvni tejaydigan texnologiyalar suvni 50 foiz va oʻgʻitlarni 30 foiz saqlab qolish imkonini beradi hamda anʼanaviy uslubga nisbatan hosildorlikni 50 foizga oshiradi. Soʻnggi yillarda mazkur kompaniya “Bir kamar, bir yoʻl” loyihasiga aʼzo mamlakatlarda oʻz faoliyatini faollashtirmoqda. Ayni paytda mazkur kompaniyaning suvni tejaydigan texnologiyalari 17 ta mamlakat, jumladan Tojikiston va Qozogʻistondagi 10 ming gektarli maydonlarida qoʻllanilmoqda.
* * *
Fransiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston bilan tuzilgan koʻp millionli shartnoma toʻgʻrisida
Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari siyosati, iqtisodiyoti, madaniyati va turizmidagi voqealarni yorituvchi “Novastan.org” onlayn-nashri ham ushbu voqeaga oid oʻz materialini eʼlon qildi. Nashrlarda Fransiyaning “Suez” kompaniyasi Toshkent suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha yetti yillik loyihani amalga oshirish uchun shartnoma imzolagani xabar qilinadi.
“Le Figaro” nashri eʼlon qilgan materialga koʻra, Markaziy Osiyoda aholisi eng zich shahar boʻlgan va 3,5 million nafar kishi istiqomat qiladigan Toshkent demografik va iqtisodiy jihatdan jadal rivojlanmoqda. Haftasiga 7 kun, sutkasiga 24 soat davomida toza ichimlik suvini taqsimlash maqsadida “Suez” kompaniyasi va Toshkent shahar hokimligi “strategik reja”ni ishlab chiqishmoqda. Unda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining bevosita ishtiroki ham nazarda tutilgan. Ushbu reja real vaqt rejimida suv sarfini kamaytirib, tarmoqni nazorat qilish imkonini beradi.
Oʻz navbatida, “Novastan.org” nashri bu loyihani Fransiya kompaniyasining Markaziy Osiyo bilan tuzgan eng yirik loyihalaridan biri deb qayd etadi. “Shartnoma Oʻzbekiston tomonining quvurlarni yangilash uchun 43 million yevro miqdorida mablagʻ ajratishini oʻz ichiga oladi”, - deyiladi maqolada. “Suez” kompaniyasining press-reliziga koʻra, ushbu loyiha “ Oʻzbekiston suv sektorini modernizatsiya qilishda tajriba loyihasi boʻlib, u butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun imkoniyatlarni namoyish etadi”, - deb yakunlaydi “Novastan.org” nashri.
* * *
Jenmin jibao (Xitoy): Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi yangi filmmi?
Xitoyning CGTN xalqaro telekanali “ Yuksak Tyan-Shan - Xitoyda terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xotiralar” nomli hujjatli filmni efirga uzatdi. Baʼzi bir fikrlarga koʻra, ushbu film “ insonlarning boshdan kechirgan azob-uqubatlari orqali terrorizm nima ekanligini tushuntirrib beradi”. Undagi dalillar teletomoshabinlarni befarq qoldirmaydi, bu koʻplab oddiy insonlarning hayoti haqidagi filmdir. 1990-yildan 2016-yilgacha Sinszyan hududida bir necha ming terrorchilik harakatlari sodir etilgan, deb xabar beradi gazeta. Hujjatli filmda har bir himoyachining, tirik qolgan askarlarning, hatto jamiyatga zarar keltirgan insonlar tarixi aks etgan boʻlib, u tomoshabinlarda chuqur tassurot qoldiradi.
* * *
Tojikistonliklarga toʻy marosimlarini oʻtkazish va Oʻzbekistonga parvozni amalga oshirishlariga ruxsat berildi
Tojikiston hokimiyati COVID-19 infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida 20-martda barcha aeroportlarni yopgan edi. Toshkent va Dubay bilan aviaxabarlar Oʻzbekiston tashabbusi bilan 16-martda toʻxtatilgan edi. Iyun oyining boshlarida Oʻzbekiston hukumati Tojikistonni 1-iyuldan boshlab Dushanbega muntazam qatnaydigan aviareyslarni yangilash rejasi borligi haqida xabardor qilgan edi. Ayni damda Toshkent 15-iyundan boshlab sanitariya-epidemiologik holat barqaror boʻlgan qator mamlakatlar bilan aviaxabarlarni qayta tikladi.
Tojikistonda 26-maydan boshlab toʻy tadbirlarini oʻtkazish taqiqlangan edi. Shuningdek, ushbu mamlakatda taʼlim maskanlari, buyum bozorlari, masjidlar, goʻzallik salonlari va avtomobil yuvish shoxobchalari yopilgan, sport tadbirlarini oʻtkazish taqiqlangan. 15-iyundan boshlab Tojikiston hukumati buyum bozorlari, savdo markazlari va restoranlarning faoliyat yuritishiga ruxsat berdi. Futbol boʻyicha mamlakat chempionati yangilandi. 17-iyun holatiga koʻra, Tojikistonda 5160 ta koronavirus kasalligi qayd etilgan, shulardan 50 nafar kishi vafot etgan, 3624 nafari sogʻaygan.
* * *
Oʻzbek doʻppisining siri
Doʻppidagi moda oʻzgarmas va ushbu bosh kiyimi hamisha urfda, deb yozadi AKIrress agentligi. “Erkaklaru ayollar, bolalaru, keksalar hamma doʻppi kiyadi. Odatda ushbu bosh kiyimini yorqin, milliy detal qoʻshib, zamonaviy kiyim bilan ham kiyishadi”.
Bundan tashqari, axborot agentligi ushbu milliy atributning har xil turlari toʻgʻrisida ham toʻxtalib oʻtadi. “Har bir hudud doʻppisining ajralib turuvchi jihatlari bor. Masalan, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Fargʻona, Xorazm-Qoraqalpoq va Qashqadaryo-Surxondaryo doʻppilarini ajratib koʻrsatish mumkin. Shu bilan birga, bayramona doʻppilar, diniy doʻppilar va kundalik kiyib yuradigan doʻppilar ham boʻladi. Ular yumshoq va qattiq matodan tikiladi, kashta va biser bilan bezatiladi, dumaloq yoki toʻrt burchak shaklda boʻladi”.
“Ushbu bosh kiyimi butun dunyoda xaridorgir hisoblanadi. Chet ellik sayyohlar uni noyob suvenir va hattoki oʻz uylariga bezak sifatida ham sotib olishadi. Oʻzbek doʻppilari tarixi bilan tanishish va eng noyob doʻppi nusxalarini koʻrish istagida boʻlgan mehmonlar tarix va amaliy sanʼat davlat muzeylariga tashrif buyurishlari mumkin”, - deb yozadi Qirgʻiziston axborot agentligi.
* * *
Bizning “Jahon matbuoti sahifalarida” nomli yangi ruknimizga oid taklif va fikr-mulohazarlingizni pochta@uza.uz manziliga yuborishingizni soʻraymiz.