Oʻzbekiston: istiqlol yillari
Davlatimiz mustaqillikni qoʻlga kiritishi mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha xalqlar uchun muhim tarixiy voqea boʻldi. Istiqlol ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyotda yangi tarixiy davrni boshlab berdi.
Davlatimiz mustaqillikni qoʻlga kiritishi mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha xalqlar uchun muhim tarixiy voqea boʻldi. Istiqlol ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyotda yangi tarixiy davrni boshlab berdi.
Qisqa davr ichida Oʻzbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallashiga asos boʻluvchi ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritdi, milliy davlatchilik, maʼnaviy qadriyatlar, din, urf-odatlar va anʼanalar qayta tiklandi.
Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni arafasida “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan aholi oʻrtasida “Oʻzbekiston: istiqlol yillari” mavzusida soʻrov oʻtkazildi.
Ishtirokchilarning fikricha, mamlakatimizning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi. Unga oʻtish 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan.
Soʻrov natijalari shuni koʻrsatdiki, aksariyat fuqarolar (92,7 foiz) uchun Mustaqillik kuni – oʻzida chinakam vatanparvarlik, Vatandan faxrlanishni mujassam etgan bayram, yurtimiz xalqlari birligi ramzidir. Tadqiqot ishtirokchilari istiqlol yillarida barcha oʻzbekistonliklarni birlashtirgan asosiy qadriyatlar – milliy birdamlik, tinchlik va hamjihatlik, dunyoviy jamiyat va yuksak maʼnaviyat, eng yangi texnologiyalar va innovatsiyalar asosidagi iqtisodiy oʻsish, boy tarixiy va madaniy merosimizni asrab-avaylash va boyitishga, milliy xavfsizlikka erishilgani, mamlakatimizning jahondagi va mintaqadagi muammolarni hal etishda faol ishtirok etayotganini qayd etdi. Turli millat va din vakillari, erkaklar va xotin-qizlar, yoshlar, oʻrta va keksa avlod vakillari, shahar va qishloqlar aholisi davlatimiz mustaqilligining 28 yilligini oʻzgacha faxr va iftixor bilan qarshi olmoqda.
Fuqarolarning 98,5 foizi Oʻzbekistonning jahon sahnasidagi nufuzi oshgani va xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilishi, doʻstona munosabatlar, uzoq va yaqin xorij mamlakatlari, avvalo, Markaziy Osiyo davlatlari bilan oʻzaro hamkorlikning rivojlanganini soʻnggi yillarda erishilgan muhim yutuqlardan, deb hisoblamoqda.
91,2 foiz ishtirokchi Oʻzbekistonda tinchlik va osoyishtalik hukm surayotgani, ijtimoiy-siyosiy, millatlararo, dinlararo va harbiy nizolar yoʻqligini yuqori baholadi. Mamlakatimizdagi turli millatlar oʻrtasidagi tinchlik va totuvlik axloqiy meʼyor, umumiy madaniyatning ajralmas qismiga aylandi, degan fikrni bildirgan.
Tadqiqot natijalariga koʻra, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida olib borilayotgan oqilona, tinchliksevar, konstruktiv tashqi siyosat qoʻllab-quvvatlanadi. Aksariyat ishtirokchilar (95,7 foiz) Oʻzbekistonning tashqi siyosatini qoʻllab-quvvatlashini qayd etdi. Soʻrov qatnashchilarining fikricha, mustaqil va suveren Oʻzbekiston jahon hamjamiyatiga faol kirib bordi va bugungi kunda boshqa davlatlar bilan teng huquqli va oʻzaro manfaatli munosabatlarni yoʻlga qoʻymoqda.
Soʻrov jarayonida fuqarolarning 90,2 foizi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida demokratiyani qaror toptirish, meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi qonunchilikni zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga doir chora-tadbirlarni samarali, deb hisoblashlari aniqlandi.
Soʻrovda ishtirok etganlarning qayd etishicha, respublikamizda tub oʻzgarishlar yuz bermoqda, biroq, avvalo, ushbu oʻzgarishlar davlat organlari va fuqarolar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga boʻlgan yondashuvni qayta koʻrib chiqish, xalq bilan muloqot qilishga taalluqli. 92,7 foiz ishtirokchilar har bir fuqaro oʻz savollari va takliflari bilan murojaat etishi mumkin boʻlgan Prezident virtual qabulxonasi faoliyatining yoʻlga qoʻyilishini haqiqiy burilish sifatida baholamoqda.
Soʻrov ishtirokchilarining 90,8 foizi shahar va qishloqlarning obod boʻlishi, yirik avtomagistrallar, yoʻllarning qurilishi va taʼmirlanishi, koʻkalamzorlashtirish ishlari, yoritish tizimlari oʻrnatilishi, bolalar bogʻchalari, maktablar, tibbiyot, sport, madaniyat muassasalarining rekonstruksiya qilinishi va taʼmirlanishini muhim yutuqlar sifatida eʼtirof etmoqda.
Oʻzbekistonliklarning fikricha, valyuta bozorining liberallashtirilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslar uchun valyutaning erkin konvertatsiya qilinishi ictisodiyot sohasidagi ustuvor yutuqlardan biri sanaladi. Soʻrov qatnashchilari (90,8 foiz) barcha toʻlovlarning milliy valyutada amalga oshirilishi muhim qadamlardan boʻlgani va bugungi kunda naqd pul bilan bogʻliq muammolar bartaraf etilganini qayd etmoqda.
Soʻrov ishtirokchilarining 84,2 foizi taʼlim tizimida ham sezilarli oʻzgarishlar yuz bermoqda, deb hisoblaydi. Uning asosini Oʻzbekiston xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tashkil etadi. Ushbu islohotlarning natijalari bugunning oʻzida sezilmoqda, bolalar bogʻchalari va maktablarning moddiy-texnik bazasi yaxshilanmoqda, mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalariga kirish tizimi maksimal darajada shaffof boʻldi, oʻqituvchilarning oylik maoshlari oshirilmoqda, umuman olganda, ijobiy tendensiyalar koʻzga tashlanmoqda.
Soʻrovda qatnashgan 86,6 foiz fuqarolarning fikricha, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Soʻrovning har ikkinchi fuqarosi bugun strategiyada mamlakatimizni yangi, innovatsion va industrial rivojlanish darajasiga olib chiqish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish va aholi farovonligini yuksaltirish boʻyicha belgilangan rejalarni amalga oshirish borasida sezilarli yutuqlarga erishilganini qayd etdi.
Tadqiqot aholining Harakatlar strategiyasida belgilangan barcha ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlardan yuksak darajada qoniqishi kuzatilganini aniqladi. 78,2 foiz fuqarolarning fikricha, Strategiyaning amalga oshirilishi davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, davlat va mahalliy ahamiyatdagi barcha boʻgʻinlar oʻrtasidagi funksiyalar, vakolatlar va javobgarlikni maqbul taqsimlanishi orqali aholiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishga xizmat qiladi.
Soʻrov ishtirokchilarining 78,1 foizi iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ijobiy baholadi va soʻnggi yillarda mamlakatimizda biznes yuritishning institutsional asoslari takomillashtirilganini qayd etdi. Valyuta siyosatining liberallashtirilishi tadbirkorlik, tashqi savdoni rivojlantirishni ragʻbatlantiradi, hududlarni rivojlantirishda investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradi.
Respondentlarning 68,9 foizining fikricha, qonun ustuvorligini taʼminlash, sud-huquq tizimini demokratlashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarining mustahkamlanishi boʻyicha ijobiy natijalarga erishilgan.
Soʻrov jarayonida ishtirokchilarning 49,8 foizi Strategiyada ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, jumladan, uy-joy qurilishini jadallashtirish, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash, qishloq va shaharlarni obodonlashtirish, aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash, bolalar bogʻchalari, maktablar, tibbiyot, sport, madaniyat muassasalarining rekonstruksiya qilinishi va taʼmirlanishi kabi ishlarning amalga oshirilayotganini ijobiy baholamoqda.
Respondentlarning 76,5 foizi soʻrov oʻtkazish paytida oilalarining ijtimoiy va moddiy ahvoli yaxshilanganini eʼtirof etdi. Ishtirokchilarning 15,6 foizi oilalarining moddiy ahvoli avvalgidek ekanini qayd etdi.
Soʻrov ishtirokchilarining moddiy ahvolini oʻrganish natijalari shuni koʻrsatdiki, aksariyat fuqarolar (98,8 foiz) oʻzlarining shaxsiy turar joylariga egadir. Shahar va qishloqlar aholisi, erkaklar va ayollar deyarli bir xilda shaxsiy avtomobillari borligini maʼlum qildi. Monitoring davomida yashash-maishiy sharoitlari yaxshilangan fuqarolar soni oshgani aniqlandi (2017-yildagi 51,5 foizdan 2019-yilda 56,2 foizgacha oshgan).
Soʻrov qatnashchilarining deyarli uchdan biri oilalarining ijtimoiy mavqei oʻsganini taʼkidlamoqda. Ushbu koʻrsatkich soʻnggi yillarda barqaror saqlanib turibdi va ijobiy tendensiyaga ega.
Olingan natijalar tahlili shuni koʻrsatdiki, soʻnggi yillarda oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish, tadbirkor, fermer, yer egasi boʻlishga erishgan fuqarolar soni keskin ortgan (2017-yildagi 22,6 foizdan 2019-yilda 36,1 foizgacha).
Tadqiqot kasbiy taʼlimda yutuqlarga erishgan fuqarolar soni oshayotganini koʻrsatdi. Mazkur koʻrsatkich ijobiy tendensiyaga ega boʻlib, tadqiqot davri (2017-2019-yillar)da 3,7 foizga oshgan.
98,8 foiz oʻzbekistonliklar mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilayotgan suveren mustaqil davlat hisoblanishi, jahonda munosib oʻrinni egallayotganidan faxrlanadi. Oʻzbekistonliklarning mutlaq koʻpchiligi hayotimizning koʻpgina sohalari va yoʻnalishlarida erishilayotgan yutuqlar va muvaffaqiyatlardan gʻururlanadi, 99,3 foizi oʻzlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ekanliklaridan faxrlanishini qayd etdi.
Soʻrov natijalari monitoringi yashashga boʻlgan ishtiyoqi oshib borayotgan fuqarolar soni barqaror surʼatda oshib borayotganini koʻrsatdi (2018-yilda bu koʻrsatkich 54,3 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2019-yilda 62,7 foizga yetgan). Ularda, bir tomondan, salomatlik, oiladagi tinchlik-xotirjamlik (50,5 foiz), boshqa tomondan, Oʻzbekistonning erishayotgan yutuqlari va, oʻz navbatida, mamlakatimizning farovon kelajagiga boʻlgan ishonch (49,5 foiz) xush va koʻtarinki kayfiyat uygʻotadi.
95,8 foiz ishtirokchilar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xalq orasida obroʻsi yuksak ekani va u aholi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga qatʼiy ishonadi. Oʻzbekistonliklar Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, ichki va tashqi siyosatni mustahkamlash, Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, fuqarolarning huquq va erkinlarini taʼminlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan qarorlar Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallashiga xizmat qilmoqda, deb hisoblaydi. Mamlakatimizni yanada rivojlantirish, yuqori texnologiyali iqtisodiyotni shakllantirish, sanoat tarmoqlari, kichik va oʻrta biznesni jadal rivojlantirish fuqarolar salohiyatini roʻyobga chiqarishda yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.
“Ijtimoiy fikr” Respublika
jamoatchilik fikrini
oʻrganish markazi materiallari asosida
O.XARCHENKO tayyorladi.