O‘zbekiston delegatsiyasi Dubaydagi “Future Foresight” seminar-treningda ishtirok etdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar Mahkamasi va kelajak vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Future Foresight” trening-seminarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Olimjon To‘ychiev boshchiligidagi 15 kishidan iborat delegatsiya BAAga tashrif buyurdi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar Mahkamasi va kelajak vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Future Foresight” trening-seminarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Olimjon To‘ychiev boshchiligidagi 15 kishidan iborat delegatsiya BAAga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari O.To‘ychiev Birlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar Mahkamasi va kelajak vazirligining Kelajak departamenti direktori Ibrohim Hamza Alqosim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Seminar-trening BAAning Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligining Iqtisodiy va savdo masalalari bo‘yicha direktori Abdulnasser Al Shaali, Shayx Zaed uy-joy dasturining Dizayn bo‘yicha direktori Fotima al-Hamdi hamda Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit vazirligi Hamkorlik va maxsus loyihalar direktori Shaima al-Aydarous tomonidan olib borildi.
Dastavval, seminar-treningning spikerlari tomonidan “Kelajakni drayverlar va trendlar orqali tadqiq qilish” mavzusida ma’ruza o‘qildi, drayver va trendlar nima ekanligi, ularning nazariyasi va amaliyotga qanday tatbiq qilish mumkinligi to‘g‘risida tushuncha berildi.
Shundan so‘ng, “Ustuvor drayverlarning ma’lum bir sohalarga ta’siri” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlar hamda “Kelajak uchun ssenariy yaratish va uni amalga oshirish chora-tadbirlari” mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Mavzu bo‘yicha har bir jamoaning fikr-mulohazalari tinglandi va savol-javob tarzida fikrlar almashinildi. Shuningdek, seminar-trening tinglovchilari 3 ta guruhga bo‘linib, O‘zbekiston Respublikasining rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan trendlarni tanlab oldi hamda bu trendlarning drayverlarini tahlil qildi va yaqin kelajakda erishilishi mumkin bo‘lgan natijalarni taxmin qildi.
O‘quv mashg‘ulotlar yakunida, loyiha ishtirokchilari ceminar davomida tuzilgan 3 ta guruh tomonidan, o‘tgan mavzularga va berilgan vazifalarga doir taqdimotlari o‘tkazildi. Taqdimot o‘z ichiga davlat xizmatlarini raqamlashtirish, masofaviy ta’lim hamda inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oldi va tinglovchilar tomonidan yoritilgan ushbu loyihalarni real hayotga tatbiq qilinishi bo‘yicha fikr almashildi.
O‘quv-seminarining asosiy maqsadi davlat xizmatchilarida tahlil qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish va amalga oshirilayotgan loyihalarning istiqbollari va samaradorligini baholash mexanizmlarini tushuntirishdir. Bu o‘z navbatida u yoki bu turdagi loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vaqt va resurslarni optimallashtirishda yordam beradi.