O‘zbek polvoni gran-pri sohibi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli xalqaro turnirda hamyurtimiz Yahyo Imomov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli xalqaro turnirda hamyurtimiz Yahyo Imomov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Unda dunyoning yetmishga yaqin davlatidan to‘rt yuz nafardan ziyod dzyudochi gilamga chiqdi. Vazni 81 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Yahyo Imomov vengriyalik Attila Ungvari, bolgariyalik Ivailo Ivanov, germaniyalik Sven Maresh, rossiyalik Stanislav Semyonov, hal qiluvchi bahsda fransiyalik Alan Shmitt ustidan g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudo ustalari bellashuvida ishtirok etgan hamyurtimiz Sharofiddin Lutfullayev bronza medal sohibi bo‘ldi.