Nurxon Qurbonova bronza medali sohibi
Fransiya mamlakati mezbonlik qilayotgan Paralimpiya o‘yinlarining ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish (F54) bo‘yicha so‘nggi hal qiluvchi final bahsi bo‘lib o‘tdi.
Unda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Nurxon Qurbonova yadroni 7.75 metrga uloqtirdi va Paralimpiya o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tishimiz joizki, “Parij-2024” Paralimpiya o‘yinlarida hozircha O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medal mavjud.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA