Nuroniylar Tojikistonga safar qildi
Surxondaryolik bir guruh nuroniylardan iborat delegatsiya kuni kecha Tojikistonda bo‘lib qaytdi.
Surxondaryolik bir guruh nuroniylardan iborat delegatsiya kuni kecha Tojikistonda bo‘lib qaytdi.

O‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasida azaldan qavm-qarindoshlik, quda-andachilik, birodarlik rishtalari mustahkam bog‘lanib kelgan. So‘nggi yillarda o‘zaro aloqalarda ulkan o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
Yurtimiz vakillari Tursunzoda shahar raisi Abduqodir Valizoda boshchiligidagi faollar va jamoatchilik vakillari tomonidan yuksak hurmat va katta shodiyona bilan kutib olindi.

Dastavval, nuroniylar tojik xalqining milliy qahramoni, davlat va jamoat arbobi Ismoil Somoniy haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. So‘ng Kamol hoji Madumarov xonadoniga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolari Tursunzoda shahrining markaziy kutubxonasi va tarixi muzeyiga, Tojikiston Xalq demokratik partiyasi muassisligidagi “Hidoyat” gazetasi tahririyati, qadimiy Hisor bekligi qal’asi, Dushanbe shahrining diqqatga sazovor joylari, Tojikiston milliy bog‘i, ikki xalqningbuyuk siymolari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy yodgorlik majmuasida ham bo‘ldi. Shuningdek, tadbir doirasida «TALKO» Tojikiston alyumin kompaniyasiga sayohat uyushtirildi. U yerda ishtirokchilar zavod qoshida faoliyat yuritayotgan “Alyuminiyi Tojikiston”gazetasi tahririyati va radio muharririyati faoliyati bilan tanishdilar.