“Nurli maskan” o‘quvchilari bilimlari sinovdan o‘tkazildi
Samarqand shahrida “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda ushbu yo‘nalishlardagi ta’lim muassasalarining 145 nafar 11-sinf o‘quvchilari ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, matematika hamda tarix fanlari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilgan olimpiada yakunlariga ko‘ra, ona tili va adabiyot fani bo‘yicha birinchi o‘rinni Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi 11-“Nurli maskan” maktabi o‘quvchisi Surayyo Ko‘charova, rus tili va adabiyoti fanidan ham ushbu maktab o‘quvchisi Shahzod Mamasoliyev, matematika bo‘yicha Samarqand shahridagi 59-“Nurli maskan” o‘quvchisi Karashma Abduhalimova hamda tarix fanidan Navoiy viloyati vakili – Navoiy shahridagi “Nurli maskan” o‘quvchisi Diyorbek Murodov birinchi o‘rinni egalladi.

Fan olimpiadasida birinchi o‘rinni egallagan o‘quvchilar 4 million 944 ming so‘mdan, ikkinchi o‘rin sohiblari 3 million 296 ming so‘mdan, uchin o‘rin egallari esa 2 million 472 ming so‘mdan pul mukofotlari, sertifikat va boshqa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev hamda “Yandex Uzbekistan” vakili Sardor Qodirov ishtirok etdi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari