Nukusda yoshlar strit vorkaut bo‘yicha bellashdi
FOTOREPORTAJ
Nukus tumanidagi Aqmang‘it mahallasida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari dasturiga kiritilgan sportning strit vorkaut turi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda 50 dan ziyod sportchi qatnashdi.
Qizg‘in kechgan bahslarda sportchilar 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasida o‘zaro bellashdi.
[gallery-8850]
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash joiz, tumanda ushbu sport turini ommaviylashtirish uchun imkoniyat yetarli. O‘nta mahalla hududida “Strit vorkaut” maydonchalari qurilgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat),O‘zA