Nukusda “Kamolot” kubogi g‘oliblari aniqlandi
Nukusda yoshlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Kamolot” kubogi” turnirining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Nukusda yoshlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Kamolot” kubogi” turnirining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.“Sog‘lom ona va bola yili" Davlat dasturining 36-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sportning futbol turini yanada rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan musobaqada hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 4 jamoa o‘zaro bahslashdi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi, Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar vazirliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi futbol federatsiyasi hamkorligida umumta’lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida iste’dodli yosh futbolchilarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan turnir murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
To‘rtko‘l tumanidagi 1-umumta’lim maktabi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘ringa Qorao‘zak tumanidagi 28-umumta’lim maktabi jamoasi, uchinchi o‘ringa Qo‘ng‘irot tumanidagi 39-umumta’lim maktabi o‘quvchilari sazovor bo‘ldi.