Nukusda bolalar uchun yangi ertak-spektakl namoyish etildi
FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatrida “Mehnatning rohati” nomli ertak-spektakl premerasi bo‘lib o‘tdi.
Yosh dramaturg Gulmira Nurillayeva qalamiga mansub asar rejissyor Eleonora Begimova tomonidan sahnalashtirildi.
Sahna asari bolalarni mehnatsevarlikka, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishga undaydi. Unda mehnatning samarasi va dangasalikning salbiy oqibatlari ertak qahramonlari obrazlari orqali ifodalangan.
[gallery-28485]
Shuningdek, spektakl davomida do‘stlik, o‘zaro hurmat va kechirimlilik kabi fazilatlar targ‘ib etildi. Asardagi “Chumoli” rolini Qonis Qirg‘izboyev, “Asalari” rolini Sulivxon Jaqsimuratova, “Kapalak” rolini Nargiza Yo‘ldosheva, “Chigirtka” rolini Oltinbek Berdiboyev ijro etdi.
Premera jajji tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA