Nukus nufuzli sport musobaqasiga mezbonlik qiladi
Joriy yilning 22-25-may kunlari Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va O‘zbekiston Kurash federatsiyasi, Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan milliy kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida (IKA) Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu nufuzli musobaqa oldidan hududdagi tashkiliy masalalarni o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Kurash federatsiyasi raisi o‘rinbosari Uyg‘un Umarov boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘istonda bo‘ldi. Xususan, ishchi guruh a’zolari Nukus shahar 1-sonli sport maktabida xalqaro musobaqani o‘tkazish bo‘yicha tegishli mutasaddilar bilan suhbatlashib, bu yerdagi sharoitlarni yaqindan o‘rgandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kurash federatsiyasi ijrochi direktori Serik Jusupbekovning ta’kidlashicha, mazkur musobaqada Osiyo qit’asining ko‘plab davlatlaridan kuchli polvonlar ishtirok etadi.

Ushbu musobaqa Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) qoidalariga muvofiq o‘tkazilib, birinchi o‘rinni egallagan polvonlar 700 AQSH dollari va IKA reytingida 200 ball, kumush medal sohiblari 400 AQSH dollari va 100 ball, bronza medali g‘oliblari 200 AQSH dollari va 50 ballni qo‘lga kiritadi. Shuningdek, jamoaviy bellashuvlarda g‘olib bo‘lgan birinchi o‘rin egalariga 300 AQSH dollari, finalchilarga 2000 AQSH dollari va bronza medal egalariga 1000 AQSH dollari topshiriladi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.