Noyob jonivor tabiatga qaytarildi
Shofirkon tuman inspeksiyasi xodimlari tomonidan Olakuzan “Bogʻi afzal” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan oqib oʻtuvchi kollektor atrofiga qoʻyib yuborildi.
Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Shofirkon tumani “Bogʻi afzal” mahalla fuqarolar yigʻini Bogʻiqoʻrgʻon qishlogʻida yashovchi fuqaro T.Sh tomonidan Olakuzan hayvoni ushlanganligi holati aniqlangan.
Xalqaro hamda Oʻzbekiston qizil kitobiga kiritilgan mazkur hayvon zaif, kamayib borayotgan tur hisoblanadi. Qizilqum choʻli, Ustyurt yassi tekisligi, Mirzachoʻl va Qarshi choʻli, Gʻarbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy togʻ tizmalarining togʻ yonbagʻirlari va yuqori kamarlari, Surxondaryoning quyi qismi, Ohangaron daryosining yuqori qismida uchraydi. Mazkur jonivor kemiruvchilar bilan oziqlanib, tabiatda sanitar vazifani bajaradi.
Shofirkon tuman inspeksiyasi xodimlari tomonidan Olakuzan “Bogʻi afzal” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan oqib oʻtuvchi kollektor atrofiga qoʻyib yuborildi.