Norov Saudiya elchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni munosabati so‘nggi yillarda ijobiy sur’at namoyon etib, amaliy mazmun bilan boyib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqani, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohasidagi almashinuvni faollashtirish chorasini ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

BMT, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi sheriklikka alohida e’tibor qaratildi.
Ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali, kun tartibi ko‘rib chiqildi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA