Norinda bel olish va uch kurashchilar bellashdi
Namanganning Norin tumanida bel olish va uch kurash bo‘yicha 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning 800 nafardan ortiq yosh polvonlari ishtirok etgan kubok bahslarining bel olish yo‘nalishidagi belgilangan vazn toifalarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Namangan viloyati, 2-o‘rinni Sirdaryo jamoasi egallagan bo‘lsa, 3-o‘rin Andijon va Farg‘ona viloyati jamoalariga nasib etdi.
Uch kurashning jamoaviy bellashuvlarida esa sovrinli o‘rinlarni Andijon, Farg‘ona, Xorazm va Namangan sportchilari egalladi.
T.Ro‘ziyev