Nogironlik to‘siq bo‘lolmaydi
Ijtimoiy himoya
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi Sherzod Bo‘riyev bundan bir necha yil avval baxtsiz hodisa tufayli o‘ng oyog‘ining tizzadan pastki qismidan ajraldi. Uyda o‘tirib qolgach, bir muddat tushkunlikka ham tushdi, lekin oyog‘iga protez kiyganidan so‘ng hammasi o‘zgardi. U harakat qila boshladi, tirikchilik uchun intildi. Dastlab velosipedlarni ta’mirladi. Keyin payvandlash uskunasi sotib olib payvandchilikni o‘rgandi. Shu-shu kasbi ortidan rohat ko‘rmoqda.


U hozirda II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatida turadi. Biroq bu holat uni to‘xtatmaydi. Har doim yangilikka intilib, metalldan turli mahsulotlar yasaydi. Atrofi shogirdlarga to‘la.
– Harakat qilgan kam bo‘lmaydi, – deydi Sh.Bo‘riyev. – Mana ko‘rib turganingizdek sog‘lomlardan kam joyim yo‘q. Kun sayin hukumatimiz tomonidan men kabi imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun ham ko‘plab qulayliklar yaratilmoqda. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ko‘magi bilan bepul protez bilan ta’minlandim. Buning uchun Yurtboshimizdan minnatdorman.


O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri