“NKMK 65 yilligi” bog‘i barpo etildi
Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab yashil maydonlarni kengaytirish, joylarda ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilashga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchi-xodimlari korxonalar joylashgan hududlarda yashil maydonlarni yaratish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, joriy yilning bahor mavsumida kombinat bo‘linmalari tomonidan 160 mingtadan ortiq mevali, manzarali daraxt va buta ko‘chati o‘tqazilgandi. Shu yilning kuz mavsumida esa 280 mingdan ziyod mevali, manzarali daraxt va buta ko‘chatini ekish rejalashtirilgan.



“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil topganligining 65 yilligi munosabati bilan Karmana tumanida joylashgan “Do‘stlik” agrofirmasi hududidagi 8 gektar maydonda kombinat ishchi-xodimlari va yoshlari tomonidan “NKMK 65 yilligi” bog‘i barpo etilib, konchilar tomonidan boqqa 15 ming tup mevali daraxt ko‘chati o‘tqazildi.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/xklV_PClH7g" title="“НКМК 65 йиллиги” боғи барпо этилди" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Abduvali Bo‘riyev,
O‘zA muxbiri