Nima uchun smartfonlardan ehtiyot bo‘lish kerak?
Hayotingiz uchun xavf tug‘diradigan narsalar haqida o‘ylaganingizda, tabiiyki, telefoningiz aqlga sig‘maydi. Ammo afsuski, smartfonlar ham sizni o‘ldirishi mumkin.
Ehtimol, Xo‘sh, smartfonlar bizni qanday o‘ldirishi mumkin? Birgina misol, avtohalokatlarda halok bo‘lgan insonlar. Haydovchilar mashinani haydash paytida telefonlariga matnli xabarlarni o‘qish uchun diqqat-e’tiborini smartfonlarga qaratadi va oqibatda yo‘l harakati qoidalarini o‘zi bilmagan holda buzadi. Bu haqiqatni 32% haydovchilar tan olgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugunga qadar AQSH yo‘llarida halok bo‘lgan piyodalar soni 2009 yildan buyon 51% ga oshgan. 2017 yildan esa Avstraliyada piyodalar o‘limi yiliga 20% ga oshgani qayd etilgan. Politsiya esa smartfonlarni sabab qilib ko‘rsatadi. Siz har kuni “fantom tebranishlar” deb nomlanuvchi narsani beixtiyor his qilasiz. Bu go‘yoki telefoningiz chalinmasa ham chalinganday, buzilmasa ham buzilganday tuyiladi. Bu g‘alati hissiyot giperhushyorlik holatidan kelib chiqadi. Tez-tez takrorlanuvchi ushbu g‘ayriixtiyoriy stress esa inson ruhiyatiga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi.
– Inson miyasi kortizol degan muhim garmon ishlab chiqaradi, – deydi Devid Grinfild, Internet va texnologiyalarga qaramlik markazining asoschisi. –U tanangizni jismoniy tahdidlarga qarshi turish uchun xizmat qilib, sizning tanangizni jismoniy jihatdan o‘zgartiradi: yurak urish tezligini, qon shakarini oshiradi, adrenalin ishlab chiqaradi. Siz ruhiy tushkunlikka tushganda tanangiz ham kortizol bilan javob qaytaradi. Sizning kortizolingiz darajasi smartfoningizning yoningizda bo‘lsa yuqorilab boraveradi.
Smartfonlar uyqu holatidan tortib to diqqat markazimizga, xotiramizga, o‘z-o‘zini anglash idrokimizga, qaror qabul qilish qobiliyatimizga va jismoniy sog‘ligimizga qadar bo‘lgan hamma narsaga ta’sir qiladi. Ko‘pgina dasturlar va telefonlarning o‘zi odat tusiga kirishi uchun yaratilganligini bilasiz. Facebook va Instagram dagi bu yoqtirish (like) lar poker mashinalari singari miyamizdagi kimyoviy moddalarni qo‘zg‘atishga va bizni cheksiz tekshirib turishga undaydi.
Google hisobotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta va yangiliklar ilovalari bilan to‘ldirilgan mobil qurilmalar doimiy stressni keltirib chiqaradi. Moment deb nomlangan kuzatuv ilovasi tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, amerikaliklar kuniga (o‘rtacha) to‘rt soat telefonlariga vaqt sarflaydi.
Sizsi? Smartfoningizga qancha vaqt ajratasiz?