Niger: ECOWAS qo‘shin kiritishga tayyorlanmoqda
G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati (ECOWAS) a’zo mamlakatlar mudofaa shtablari boshliqlari qo‘mitasiga zudlik bilan zaxiradagi kuchlarni faollashtirishga ko‘rsatma bermoqda, degan jamoaviy komissiya rahbari Omar Ali Ture.
“Bosh shtab boshliqlari qo‘mitasiga zaxiradagi kuchlarning barcha bo‘linmalarini tayyor holga keltirish topshirig‘i berildi”, dedi u.Komissiya rahbari, shuningdek, jamiyat Nigerda konstitutsiyaviy tuzumni tiklash uchun tayyor kuchlarni yuborishga buyruq berayotganini qo‘shimcha qilgan.
G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati Nigerga harbiy aralashuvni ertaroq boshlash taklifini qo‘llab-quvvatlaydi, degan Kot-d'IvuarPrezidentи Alassan Uattara.
“Shtab boshliqlari masalalarni hal qilish uchun yana bir nechta konferensiya o‘tkazadi, biroq operatsiyani imkon qadar tezroq boshlash uchun davlat rahbarlari roziligi olingan”, – deya Kot-d'Ivuar rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirgan Francye-Presse agentligi.
Uattaraning so‘zlariga ko‘ra, Kot-d'Ivuar 1 ming 100 kishigacha bo‘lgan batalonni ta’minlaydi. Xalqaro kontengentga Nigeriya va Benin askarlaridan tashqari boshqa davlatlar ham askar beradi. “Biz Niger prezidentini o‘z vazifalariga qaytarishga qat’iy qaror qildik”, deya qo‘shimcha qilgan u.
ECOWAS qarorini Qo‘shma Shtatlar va Fransiya ham qo‘llab-quvvatlamoqda.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, "ECOWAS Nigerda konstitutsiyaviy tuzumni qaytarish imperativini aniq ko‘rsatishda yetakchilik qilmoqda. Biz ularning ishini va rahbarligini qo‘llab-quvvatlaymiz", degan Blinken jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Fransiya ham G‘arbiy Afrika davlatlari Iqtisodiy hamjamiyatining Nigerda konstitutsiyaviy tuzumni kuch bilan tiklashga doir qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Fransiya Tashqi ishlar vazirligi.
“Fransiya ECOWAS sammiti qarorlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi”, – deyiladi TIV tarqatgan bayonotda.
TIV bayonotida qayd etilishicha, sammit ishtirokchilari Nigerda konstitutsiyaviy va demokratik tartibni tiklash, Prezident Muhammad Bazum va uning oilasi zudlik bilan ozod etilishini ta’minlash bo‘yicha qat’iyligini yana bir bor tasdiqlagan.
Biroq masalaning yana bir murakkab tomoni isyonchilarning tinchlik muzokaralariga rozi bo‘lmayotganida bo‘lmoqda. Kuni kecha AQSH davlat departamenti rahbari o‘rinbosari Viktoriya Nuland ham vaziyatni yumshatishga harakat qilgan edi. Biroq uning missiyasi ham natijasiz yakunlangan. Nuland isyonchilar rahnomasi bilan ham, Prezident Bazum bilan ham uchrasha olmagan. Qolaversa, davlat to‘ntarishini amalga oshirgan harbiylar agar ECOWAS mamlakatga qo‘shin kiritsa, Prezident Muhammad Bazumni o‘ldirishi haqida bayonot bergan.
“Niger Xuntasi AQSHning yuqori martabali diplomatiga agar qo‘shni davlatlar hokimiyatni tiklash uchun harbiy aralashuvga harakat qilsa, hokimiyatdan ag‘darilgan Prezident Muhammad Bazumga suiqasd qilishlarini aytgan”, deyiladi xabarda.
Nuland Bazumga tahdid borligini shu hafta Nigerga qilgan tashrifi chog‘ida bildi, deydi agentlik.
Isyonchilarning muzokaralarga rozi bo‘lmayotgani ECOWAS ga a’zo davlatlar uchun vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal etish variantiga to‘xtalishdan bosha chora qoldirmayapti. Qolaversa, harbiy chorani AQSH va Fransiya ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Masalan, kuni kecha
matbuotda Fransiya harbiylari Niger milliy gvardiyasi ob’ektlariga zarba bergani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Qo‘shma Shtatlar isyonchilar Prezident Muhammad Bazumning hayotiga tajovuz qiladigan bo‘lsa, ularga qarshi chora ko‘radi, degan davlat kotibi Entoni Blinken.
“Biz harbiy rahbarlarga Bazumning xavfsizligi bilan bog‘liq muammo yuzaga kelsa, ularni javobgarlikka tortishimizni aniq aytdik”, – dedi Blinken jurnalistlarga.
Uning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat Bazum va uning oilasi xavfsizligidan xavotirda. Shuningdek, Blinken Qo‘shma Shtatlar G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyatining Nigerda tartibni tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.
S.Rahimov, O‘zA