Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi xochsimon bog'lamlarini uzib olgani sababli JCHni o'tkazib yuboradi
PSV yarim himoyachisi Yerdi Sxauten tizzasidagi xochsimon bog'lamlaridan jarohat oldi.
Futbolchi kecha Erediviziya doirasida «Utrext»ga qarshi kechgan uchrashuvning (4:3) 65-daqiqasida aynan ushbu jarohat sababli almashtirilgan edi.
29 yoshli o‘yinchiga jarrohlik amaliyoti talab etiladi. Yakshanba kuni o‘tkazilgan qo‘shimcha tibbiy ko‘rik buni tasdiqladi, deya xabar bermoqda PSV matbuot xizmati.
Aniq davolanish rejasi kelasi haftada ishlab chiqiladi. Shu tariqa, Sxauten katta ehtimol bilan mavsumning qolgan qismini va yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi.