Neymarning jarohati jiddiy bo‘lishi mumkin
Ta’kidlanishicha, futbolchining jahon chempionati startidan avval Panama va Misrga qarshi o‘yinlarda ishtirok etishi dargumon.
Braziliya terma jamoasi va "Santos" klubi forvardi Neymar jarohat sabab mundial startini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Braziliya futbol federatsiyasi joriy yilgi mundial uchun terma jamoaga chaqirilgan Neymarda shunchaki shish yo‘qligi, balkim uning tiklanish jarayon "Santos" ma’lum qilganidan ko‘ra ko‘proq vaqt talab qilishi mumkinligi haqida ma’lumotlarga ega. Manbaga ko‘ra, federatsiya Neymarning holati bilan bog‘liq aniq axborot yo‘qligidan norozi. Ta’kidlanishicha, futbolchining jahon chempionati startidan avval Panama va Misrga qarshi o‘yinlarda ishtirok etishi dargumon. Bundan tashqari, uning jismoniy holati turnirning birinchi turidan o‘rin olgan Marokashga qarshi o‘yinda maydonga tushishiga ham imkon bermasligi xavfi bor.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya va Marokash o‘rtasidagi 1-tur uchrashuvi 14-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.