Navoiy va Bobur yod etildi
Guliston davlat universitetida ulug‘ mutafakkir bobolarimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludi munosabati bilan “Buyuk ajdodlar xotirasi abadiydir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda olimlar, professor-o‘qituvchilar so‘zga chiqib, Navoiy va Bobur bobomizning hayoti va faoliyati, bizgacha yetib kelgan, hali- hamon butun dunyoni hayratga solayotgan boy ma’naviy merosi, davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot ahliga ko‘rsatgan homiyligi, haqida gapirdi.


Talabalar tomonidan bu ikki buyuk ijodkorning g‘azal va ruboiylaridan o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
– Navoiy va Bobur tavalludi munosabati bilan universitetda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir har jihatdan talaba-yoshlar uchun juda foydali bo‘ldi, har bir kishiga adabiy - estetik zavq bag‘ishladi, yoshlarning Vatanga, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini ham oshirdi,– deydi universitetning Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti dekanining o‘rinbosari B. Ergashev.


G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri