Navoiy merosi yosh vatandoshlarni birlashtirdi
Prezidentimizning 2026-yil 16-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi 22-son amaliy tadbirlar rejasining 94-maqsad 301-bandida “Vatandoshlar” jamoat fondiga “Xorijdagi vatandosh maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekistonda o‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasini o‘tkazish” vazifasi belgilangan.
Maqsad — xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlarni tarixiy Vatani atrofida yanada jipslashtirish. Xorijda o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirish, “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasini tanitish, o‘zbek tilida xorijiy mamlakatlarda a’lo baholarga tahsil olayotgan vatandoshlarni munosib rag‘batlantirishdan iborat.
Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasining yakuniy xalqaro bosqichi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tdi.
Olimpiadada qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalaridagi vatandoshlar oflayn tarzda, boshqa xorijiy mamlakatlarda onlayn tarzda ishtirok etdi.
Dastlab, olimpiadaning hududiy bosqichlari Qozog‘iston, Qirg‘iz, Tojikiston respublikalarida o‘tkazilgan bo‘lib, hududlarda g‘olib bo‘lgan 33 nafar 9,10,11 sinflarda tahsil olayotgan yosh vatandoshlar poytaxtimiz Toshkent shahrida xalqaro bosqichda 2 turda sinovdan o‘tkazildi.
Tadbirda dastlab so‘z olganlar, so‘nggi yillarda vatandoshlarga berilayotgan e’tibor, ularning yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligi hamda o‘tkazilayotgan olimpiadaning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
[gallery-29462]
Bundan tashqari yurtimizga tashrif buyurgan yosh vatandoshlarga madaniy dastur ham tashkil etildi. Ular dastlab, Islom sivilizatsiyasi markaziga, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrida spektakl namoyishiga taklif etildi.
N.Rahmonova, N.Haydarov(surat), O‘zA