Navbatdagi tur bahslari bo‘lib o‘tdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy ligasining 19-turida beshta o‘yin o‘tkazildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy ligasining 19-turida beshta o‘yin o‘tkazildi.O‘n to‘qqizinchi turning eng qiziqarli bahslaridan biri Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda «Qo‘qon – 1912» o‘z maydonida Farg‘onaning «Neftchi» klubini qabul qildi. O‘yin boshlaridanoq bor e’tiborni hujumga qaratgan mezbonlar raqiblarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bekobodning «Metallurg» klubi safarda «Sho‘rtan» (G‘uzor)ni 1:0 hisobida yengdi.
Toshkentda «Bunyodkor» – «Obod» uchrashuvining 19 daqiqasida «Bunyodkor» jamoasi a’zosi Shohro‘z Norxonov hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 80 daqiqasida Dostonbek Hamdamov raqib darvozasini aniq nishonga olib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
«Navbahor» (Namangan) – «Dinamo» (Samarqand), «Buxoro» (Buxoro) – «Qizilqum» (Navoiy) uchrashuvlarida 1:0 hisobi qayd etildi.