Natija 33 ta, tanlov esa bitta
"Inson maqsad qoʻydimi, shu maqsad sari, zamonaviy til bilan aytganda, strategiyalarni oʻylashi, uni amalga oshirish uchun tinmay harakat qilishi lozim deb oʻylayman".
Ilm olishga boʻlgan intilish hamisha insonni ezgu maqsadlar sari boshlagan va hayotda oʻz oʻrnini topishda mayoq boʻlgan. Odamzod yoshligidan bir maqsad sari intilsa, kelajakda albatta niyatiga erisha olishi hayotda oʻz isbotini topgan. Bunga bugungi suhbatdoshimiz Abdulvoris Mirkomilov erishayotgan natijalar ham yaqqol misol boʻladi.
Bolaligidan oldiga ulkan rejalar qoʻyib puxta bilim olishga intilgan Abdulvoris ilm orqasidan bu yil bir emas, ikki emas, naq 33 ta yurtimiz va xorijiy mamlakatlardagi nufuzli oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirdi va buni qarangki, barchasidan oʻqishga qabul qilingani haqidagi xushxabarni oldi.
Endigina 11-sinfni tamomlagan qahramonimiz bunga qadar ham yaxshi natijalarga erishgan. Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 250-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabni aʼlo baholar bilan tugatgan Abdulvoris matematika boʻyicha respublika va xalqaro olimpiadalarda sovrindor boʻlgan.
– Abdulvoris avvalo, sizni tabriklayman. Hozirgacha qaysi xorijiy davlatlardagi nufuzli oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻldingiz? Ularning nomini sanab bersangiz.
– Rahmat. Hozirda AQSH, Koreya, Rossiya, Polsha, Latviya, Angliya, Kipr singari mamlakatlardagi hamda yurtimizda ochilgan qator xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirib, imtihondan oʻtdim.
– 33 ta institut va universitetga qabul qachondan boshlandi?. Imtihon topshirish tartibi haqida ham gapirib bersangiz...
– Barcha oliy taʼlim muassasalarida qabul jarayoni oʻzining tartibi boʻyicha amalga oshirildi. Birinchi marta 15-may kuni Koreyadagi Inxa universitetiga imtihon topshirdim. Maʼlum vaqtdan keyin oʻqishga qabul qilinganligim boʻyicha sertifikat keldi. Shundan soʻng boshqa institut va universitetlarga ham hujjat topshirdim, imtihonlariga qatnashdim. Imtihonlar qatʼiy tartibda, kuzatuv ostida onlayn tarzida oʻtkazildi. Toʻgʻrisini aytishim kerak, ketma-ket oʻqishga qabul qilinganligim toʻgʻrisida xabarlar kela boshlagach, bundan yana ham ruhlanib oʻz bilimimni va omadimni yana-da sinab koʻrish uchun boshqa universitetlarga ham hujjat topshirishda davom etdim. Bu qiziqishlar va muvaffaqiyatlar menga yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochish bilan birga tanlovni ham kengaytirdi. Imtihonlarning aksariyati 2 bosqichda, yaʼni birinchisida test, ikkinchi bosqichda intervyu tarzida oʻtkazildi. Barcha oliy taʼlim muassasalarining qabul jarayoni va imtihon kunlari haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali bilib bordim.
– Abdulvoris, ortiqcha maqtash emasu, siz erishgan natijaga koʻpchilik havas qiladi. Sizningcha, bu kabi yutuqlarning siri nimada?
– Inson maqsad qoʻydimi, shu maqsad sari, zamonaviy til bilan aytganda, strategiyalarni oʻylashi, uni amalga oshirish uchun tinmay harakat qilishi lozim deb oʻylayman. Men bu natijalarga erishishning birdan-bir yoʻlini puxta bilim olishda va koʻp kitob oʻqishda deb bilganman. Shunday kunlar koʻp boʻlgan: uxlamasdan kitob oʻqib chiqqanman. Internetdan umuman foydalanmasdim. Chunki internet kishining koʻp vaqtini oʻgʻirlaydi. Lekin, undan kerakli vaqtda samarali foydalansa, yaxshi natijalarga erishish ham mumkin. Faqat va faqat oʻqish, intilish va harakat qilish lozim ekan.
– Bilishimcha, imtihonlar ingliz va rus tillarida boʻlib oʻtgan, demakki, Siz bu tillarni yaxshi oʻzlashtirgansiz...
– Men birinchi galda ona tilimni yaxshi oʻzlashtirib olganman, undan keyin rus va ingliz tillarini oʻrgandim. Ingliz tilidan suhbat jarayonidagi muloqotda ham erkin suhbatlasha olaman. Hozirda arab tilini oʻrganishga harakat qilyapman. Koreys tilini bilishim darajasi esa “topik 1”. Umumiy soʻzlardan foydalangan holda muloqotga kirisha olaman.
– Abdulvoris bizni qiziqtirgan yana bir jihat, mazkur universitetlarga qabul qilish uchun oʻtkazilgan imtihon savollari bir-biriga oʻxshashmi?
– Hali yuqorida aytdim, strategiya boʻlishi kerak har bir kishida. Men ham fizika, matematika, ingliz, rus tili tili fanlarini maksimal darajada puxta oʻzlashtirishga harakat qildim. Strategiyam boʻyicha ushbu yoʻnalishlarning eng zoʻr mutaxassisi boʻlish. Imtihon savollarining bir-biriga oʻxshash yoki oʻxshamasligi haqida aytadigan boʻlsam, agar siz tanlagan yoʻnalishingiz boʻyicha yaxshi bilimga ega boʻlsangiz har qanday savol sizga qiyin tuyulmas ekan. Har bir institut va universitetning oʻziga yarasha maxsus savollari boʻladi. 33 ta oliy taʼlim muassasalarining yarmidan koʻpiga oʻzim tanlagan yoʻnalishim, yaʼni matematika, fizika yoʻnalishi boʻyicha imtihon topshirishga harakat qildim.
– Abdulvoris, yuqorida “menda katta tanlash imkoniyati paydo boʻldi” deb aytdingiz. Xoʻsh, siz 33 ta oliy taʼlim dargohidan qay birini tanladingiz?
– Chindan ham menda katta tanlov imkoni yaratildi. Koʻp ham oʻylanmasdan, ichki sezgilarimga ishongan holda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tanladim.
– Nima uchun aynan Turin politexnika universiteti?
– Ushbu universitetga oʻqishni tanlaganimning birdan-bir sababi oʻz ona vatanim, ota-onam bagʻrida tahsil olishdan iborat. Kelajakdagi maqsadim hamma havas qiladigan zoʻr injener boʻlish. Faqat elektr toki bilan yuradigan mashinalar yaratishni va Oʻzbekistonning dovrugʻini dunyoga tanitishni niyat qilganman.
Orzulari osmon qadar boʻlgan, oʻzining taʼbiri bilan aytganda, belgilab olgan strategiyasi sari aniq maqsad bilan harakat qilayotgan Abdulvoris Mirkomilovga kelajakdagi ishlarida omad tilaymiz!
P.S. Qahramonimiz Abdulvoris Mirkomilov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan Oliy taʼlim muassasalarining roʻyxatini ilova qilamiz:
1. TURIN University of tashkent
2. INHA University of KOREA
3. INHA UNIVERSITY OF tashkent
4. RTU university of Latviya
5. TEAM University the Tashkent
6. British Management University
7. Amity University tashkent
8. ADJU university tashkent
9. SHARDA University of tashkent
10. MDIS University of tashkent
11. Xiamen University of Malasia
12.International Foundation University of Cypre
13. EU BUSINESS school of USA
14. WIUT University of tashkent
15. Webster University of tashkent
16. IMICA University of Tashkent
17. Istanbul Aydin University of turkey
18. TED university of turkey
19. the University of Sheffild
20. WSB University of Poland
21. HSE UNIVERSITY
22. FBM UNIVERSITY
23. Cambridge International college
24. LSBU of England
25. LAazarskiy University the Poland
26. Arcadia University of USA
27. ISMA University of Latvia
28. University of Canada
29. Barry University of tashkent
30. TSI University of Latvia
31. University of ESSEX
32. Transport and Telecomunication of Riga
33. Akfa University Tashkent

Manija Bahriyeva suhbatlashdi.