Narpaylik paxtakorlar so‘zining ustidan chiqdi
Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 244 ta fermer xo‘jaligi mavjud 10 762 gektar maydonda g‘o‘zaning serhosil navlarini ekib, "Maroqand Sifat” klaster korxonasi bilan birgalikda 37 ming 704 tonna paxta xomashyosi yetishtirib, shartnoma rejasini bajardi.
Paxta yetishtirish tizimi o‘zgargani va manfaatdorlik oshgani mazkur muvaffaqiyat asosi bo‘ldi, deb aytmoqda tuman fermerlari.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, paxtachilikdan olinadigan daromad 256 milliard 339 million so‘mni, sof foyda 64 milliard so‘mni tashkil etmoqda.
Yetishtirilgan hosil fermer xo‘jaligi a’zolari va klaster korxonasi tomonidan jalb qilingan mavsumiy ishchilar tomonidan yig‘ishtirib olindi.
G‘.HASANOV, O‘zA