Namanganning yangi “Go‘zal” ko‘chasi
Namangan shahrida “Go‘zal” nomli yangi ko‘cha foydalanishga topshirildi.
Loyiha qiymati 10,5 milliard so‘mni tashkil etgan mazkur ob’ektda joriy yilning 23 iyunidan buyon yo‘l qurilishi ishlari amalga oshirilayotgan edi.
[gallery-3269]
Hozirga qadar 1,5 kilometr asosiy yo‘l asfaltlanib, yo‘l chiziqlarini chizish ishlari yakunlandi. Ayni paytda bu joyda yashil yo‘lak va piyodalar yo‘lakchasi qurilmoqda.
Ob’ekt qurilishi 25 avgustda to‘liq foydalanishga topshiriladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA