Namanganlik talabalar “Zakovat”da bahslashdi
FOTOREPORTAJ
Namangan muhandislik-qurilish instituti tashabbusi bilan Davlatobod tumanidagi Yoshlar ziyo maskanida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab viloyat oliy ta’lim muassasalarining “Qalqon” jamoalari a’zolari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Musobaqada 9 ta oliy o‘quv yurtining 14 ta jamoasi ishtirok etdi.
[gallery-21279]
Turli mavzularda 20 dan ortiq savol berilgan intellektual o‘yinda “University of Business and Science” universiteti birinchi, Namangan davlat universiteti ikkinchi, Namangan muhandislik-qurilish instituti jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘oliblarga diplom va institut kasaba uyushmasi qo‘mitasining qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA