Namanganlik qizlar peshqadam
Futbol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida V O‘zbekiston birinchiligining beshinchi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Futbol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida V O‘zbekiston birinchiligining beshinchi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.Namanganning “Navbahor lochinlari W” jamoasi Toshkentning “Paxtakor W” va Jizzaxning “Jizzax” futbolchilarini 2:0, Qarshining “Sevinch-2” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Samarqandning “Dinamo Plyus W” futbolchilari bilan durang o‘ynagan namanganliklar Termizning “TerDU-Surxon” jamoasiga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“TerDU-Surxon” jamoasi “Jizzax” jamoasi bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. Termizliklar “Paxtakor W” jamoasini 6:0, “Dinamo Plyus W”ni 4:0, “Sevinch-2”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Beshinchi turdan so‘ng 58 ochko bilan “Navbahor lochinlari W” jamoasi birinchi, namanganlik qizlardan bir ochko kam jamg‘argan “TerDU-Surxon” jamoasi ikkinchi, jizzaxliklar 37 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
O‘zbekiston birinchiligining oltinchi tur bahslari noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.