Namanganda yoshlar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida yoshlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Mazkur sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash va do‘stona muhitni rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqada shahar va tumanlardan jami 16 ta jamoa ishtirok etib, qizg‘in va murosasiz bahslar olib bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Mingbuloq tumani jamoasiga, 2-o‘rin Chust tumani jamoasiga, 3-o‘rin Kosonsoy tumani jamoasiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Ularga “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi doirasida bepul sayohat yo‘llanmalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
[gallery-28714]
Musobaqa yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda jamoalar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA