Namanganda «Uzbekistan Open» xalqaro taekvondo turniri yakunlandi
Namangan viloyatidagi «Pahlavon» sport majmuasida taekvondo WT böyiça ösmirlar, yoşlar va kattalar örtasida ötkazilgan «Uzbekistan Open» xalqaro turniri öz yakuniga yetdi.
Tört kun davom etgan nufuzli musobaqada Özbekistonning turli hududlaridan kelgan sportçilar bilan bir qatorda Rossiya, Eron, Möğuliston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Hindiston vakillari ham ğoliblik uçun kuç sinaşdi.
Xalqaro turnirda iştirokçilar turli yoş va vazn toifalarida öz mahoratini namoyiş etdi. Dastlab kattalar, söngra yoşlar örtasidagi bellaşuvlar taşkil etildi. Musobaqaning sönggi kuni esa ösmirlar bahslariga bağişlandi.
Qizğin va murosasiz keçgan bellaşuvlarda sportçilar yuqori texnik tayyorgarlik, çaqqonlik va matonat namoyiş etdi. Ayniqsa, yoş taekvondoçilarning ğalabaga bölgan intilişi, özaro raqobatga boy bahslari sport ixlosmandlarida katta qiziqiş uyğotdi. Musobaqada namanganlik sportçilar ham faol iştirok etib, öz mahoratini sinovdan ötkazdi.
Turnir bahslarini xalqaro toifadagi hakamlar baholab bordi. Bu bellaşuvlarning xalqaro qoidalar va belgilangan talablar asosida ötkazilişi, natijalarning xolis baholanişini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etdi.
Musobaqa yakunida har bir yoş va vazn toifasi böyiça ğolib hamda sovrindorlar aniqlandi. Ular taşkilotçilar tomonidan oltin, kumuş va bronza medallari bilan taqdirlandi.
[gallery-32320]
Namanganda ötkazilgan mazkur xalqaro turnir taekvondo sportini yanada ommalaştiriş, yoş iqtidorlarni kaşf etiş, sportçilarning xalqaro musobaqalarda tajriba orttirişi hamda turli mamlakatlar vakillari örtasida sport aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qildi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA