Namanganda Navro‘z shukuhi davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Afsonalar vodiysi” amfiteatrida erta tongdan bayram tadbiri hamda xalq sayillari tashkil etildi.
“Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, viloyat sektorlari rahbarlari va bir guruh faollar ishtirok etdi.
Bayram tadbirida elimiz suygan xushovoz xonandalar ijrosidagi dilrabo taronalar, ko‘ngilochar dasturlar, badiiy havaskorlik va folklor jamoalarining chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat hamda ko‘tarinkilik baxsh etdi.
[gallery-11097]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA