Namanganda elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi
FOTOREPORTAJ
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Namangan hududiy filiali iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifati va barqarorligini ta’minlash borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Filial tomonidan viloyatdagi 37 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 905 dona temir-beton tayanch ustun, 89,4 kilometr elektr tarmog‘i tortish hamda 38 ta transformator o‘rnatish rejalashtirilgan. Rejaga asosan, barcha ob’ektlarni loyiha-smeta hujjatlari to‘liq tayyorlanib, loyiha asosida tarmoq tortish uchun 2520 dona tayanch ustun o‘rnatish ishlari bajarildi. bugungi kunda 16,3 kilometr uzunlikda 0.4-6-10 kV elektr uzatish tarmoqlari va 15 dona transformator punkti modernizatsiya qilindi. Ushbu ishlarga 3,2 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.
[gallery-11274]
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida 55 ta mahallada jami 81,3 kilometr elektr tarmog‘i tortish, 3142 dona tayanch ustun o‘rnatish va 46 dona transformator punkti o‘rnatish rejalashtirildi. Bu borada barcha ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olingan. Bajarilgan loyiha ishlariga asosan tarmoq tortish uchun 3142 dona temir-beton tayanch ustun o‘rnatish ishlari to‘liq bajarildi. Hozirga qadar 78,4 kilometr uzunlikda 0.4-6-10 kV elektr uzatish tarmoqlari va 3 dona transformator punkti modernizatsiya qilindi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA