Namanganda do‘stlik festivali
Namanganda “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining milliy urf-odatlari, taomlari, qadriyatlari va hunarmandchilik ishlari namoyish etildi.
Ta’kidlash joiz, viloyatida millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlashga doir vazifalarni bajarishda davlat tashkilotlari bilan milliy-madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari, ijodiy uyushmalar, nodavlat-notijorat tashkilotlarining faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
[gallery-6103]
Tadbirda viloyat ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan rus, koreys, qirg‘iz va tojik milliy madaniy markazlariga 50 million so‘m miqdoridagi mablag‘ sertifikatlari topshirildi.
Festivalning badiiy qismida turli millat vakillari o‘zlarining jozibali kuy va qo‘shiqlari hamda raqslarini mohirona ijro etib, yig‘ilganlarni xushnud etdi.
Tadbirda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA