Namanganda Chxusok bayrami nishonlandi
Koreya xalqi tomonidan anʼanaviy nishonlanadigan ushbu tantana “Kuz oqshomi”, degan maʼnoni anglatadi. U odatda oy taqvimi boʻyicha sakkizinchi oyning 15-kunida, odatda uch kungacha nishonlanadi.
Koreys milliy madaniy markazi Namangan viloyat boʻlimi tomonidan “Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bogʻida Chxusok bayrami tashkil etildi.
Koreya xalqi tomonidan anʼanaviy nishonlanadigan ushbu tantana “Kuz oqshomi”, degan maʼnoni anglatadi. U odatda oy taqvimi boʻyicha sakkizinchi oyning 15-kunida, odatda uch kungacha nishonlanadi. Bu sana kuzgi yigʻim-terim paytiga toʻgʻri keladi. Shu kunlari dasturxon atrofiga uzoq-yaqindagi qarindoshlar, oila aʼzolari, tanish-bilishlar toʻplanadi. Qoʻshiqlar, raqslar ijro etiladi.
Bu yilgi bayram “Korea Best Academy” koreys professional rivojlanish oʻquv markazi hamkorligida tashkil etildi. Koreys milliy liboslari namoyishi, yosh taekvondochilarning koʻrgazmali “jang”lari, milliy taomlar koʻrgazmasi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.



