Namangan viloyati hokimligida tayinlov
Viloyat hokimining tegishli qarori bilan Alisher Ibrohimovich Mamajonov Namangan viloyati hokimligining tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari etib tayinlandi. U mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Bahodir Usmonovich Boboxonovning o‘rnida ishga kirishdi.
Alisher Mamajonov 1987 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2009 yili Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi. Mehnat faoliyatini 2009 yilda Kosonsoy tumani bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida boshlagan.
Keyinchalik Namangan viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi, Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, viloyat hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmasi, Namangan viloyati hokimligida turli mas’ul vazifalarda ish olib borgan.
Alisher Mamajonov yangi tayinlovga qadar Namangan viloyati hokimligining tashkiliy-kadrlar guruhi bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.