Nafosat festivalini mehr bilan ekkan gullarim bilan kutib olaman — Umida Nurboyeva (+video)
O‘n yildan buyon Namangan shahrining obodligi va ko‘rkamligiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan obodonlashtirish sohasi xodimi Umida Nurboyeva uchun gul ekish shunchaki kasb emas — bu mehr va sadoqat ifodasidir.
U Yangi Namangan tumani Obodonlashtirish boshqarmasida faoliyat yuritib, shahar ko‘chalari va gulzorlarini yanada chiroyli qilishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
— Kichik mehnatimiz bilan shahrimiz yanada chiroy ochayotganini ko‘rish bizga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. Namanganliklar va shahrimiz mehmonlariga quvonch ulashayotganimdan g‘ururlanaman, — deydi Umida Nurboyeva.
Uning ta’kidlashicha, ushbu halol mehnat nafaqat shahar go‘zalligiga, balki oila farovonligiga ham xizmat qilmoqda.
— Shu mehnat ortidan ro‘zg‘or tebratyapmiz, farzandlarimizni katta qilyapmiz, to‘ylar qildik. Hech kam bo‘lmadik, — deya faxr bilan so‘zlaydi u.
Bu yil xalqaro gullar festivalining yubiley bayramida Umida Nurboyeva mehr bilan parvarishlagan gullari orqali festival mehmonlarini kutib olishni niyat qilgan.
— Nafosat festivalida o‘zim mehr bilan ekkan gullarim bilan barchani kutib olaman, — deydi u.
Namanganning go‘zalligi ortida ana shunday mehnatkash insonlarning hissasi mujassam.
<iframe width="480" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/AMqoy41hHew" title="Nafosat festivalini mehr bilan ekkan gullarim bilan kutib olaman — Umida Nurboyeva" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tohir Tursunov, O‘zA