Nafosat egalari musobaqasi
Nukus olimpiya zaxiralari sport kollejida 1997-2002-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Nukus olimpiya zaxiralari sport kollejida 1997-2002-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Unda Qo‘ng‘irot tumani, Taxiatosh va Nukus shaharlaridan 50 nafarga yaqin sportchi qizlar o‘zaro bahslashdi. Nukus shahridagi 4-respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari Gulchehra Najimova, Anjela Tolemisova, Nigora Qalnazarova hamda Nukus olimpiya zaxiralari sport kollejidan Shoira G‘aybullayeva, Zulxumor Seytniyozova g‘olib deb topildi.