Muzaffarova Xayitgul Nesibovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Innovatsion texnologiyalar asosida maktabgacha logopediya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusida
Muzaffarova Xayitgul Nesibovnaning 13.00.03 – Maxsus pedagogika ixtisosligi bo‘yicha “Innovatsion texnologiyalar asosida maktabgacha logopediya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 29 mart kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51;
e-mail: kengash@edu.uz