Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Hozirda suv inshootlari va ularning yerlari turli idoralar balansida turibdi. Shuningdek, 2019 yilda tugatilgan “Suvsoz” balansida 2 ming 800 ta ob’ekt qolib ketgan. Yana 9 mingta ob’ektning kadastri yo‘q

Oqibatda bunday ob’ektlar bo‘yicha loyiha qilish va qurilishni boshlash cho‘zilmoqda. Mutasaddilarga barcha suv va kanalizatsiya ob’ektlari hujjatlarini tartibga keltirib, ob’ektlarni “Suvta’minot”ga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish topshirildi.

Hozirda xalqaro moliya tashkilotlari bilan energetika, transport, agrar, kommunal va ijtimoiy sohalarda 20 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Vazirlar, viloyat hokimlari joriy yil yakunigacha 4,5 milliard dollarlik ishlarni so‘zsiz bajarishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Loyihani asossiz cho‘zib, ortiqcha foiz to‘lanishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi belgilandi. 

Bosh prokuraturaga bu borada qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.

O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mutasaddilarga barcha suv va kanalizatsiya ob’ektlari hujjatlarini tartibga keltirish vazifasi topshirildi