Musobaqalar g‘oyat qiziqarli va murosasiz kechdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida 2026-yil –“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturi ijrosini ta’minlash, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport Musobaqalar g‘oyat qiziqarli va murosasiz kechdi
Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar ishtirokchilarni qutladi va xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish bundan buyon ham izchil davom ettirilishini ta’kidlashdi.
Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan ayollarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ushbu tadbir ishtirokchilari sportning shashka, darts va stol tennis turlari bo‘yicha kuch sinashdilar.

Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqalar davomida xotin-qizlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va mahoratini namoyish etishdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar hamda faol ishtirokchilar tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom va kubok bilan taqdirlanishdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA