“Muruvvat” uyiga “Prezident sovg‘asi” topshirildi
Namangan viloyati Pop tumanidagi erkaklar “Muruvvat” uyiga “Prezident sovg‘asi” — “ISUZU” avtobusi va “Damas” avtomashinasi topshirildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 6 mart kuni Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatiga tashrif buyurib, u yerdagi sharoitlar bilan tanishgan edi. Ushbu uchrashuvda respublikamizda joylashgan “Saxovat” va “Muruvvat” uylaridagi sharoitlarni, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni yaxshilash masalasiga alohida to‘xtalib, har bir “Saxovat” va “Muruvvat” uyiga bittadan avtobus va “Damas” avtomashinasi taqdim etish haqida topshiriq bergan edi.
[gallery-2195]
Mazkur topshiriq ijrosi bo‘yicha Pop tumani Marg‘izor qishlog‘ida joylashgan “Muruvvat” uyiga ushbu avtotransportlar topshirildi.
Marg‘izordagi “Muruvvat” uyi 320 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda bu yerda 320 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘liq davlat ta’minotiga olingan. 250 nafar xodim bemorlar xizmatida.
Taqdim etilgan avtobus bemorlarni tuman markazidagi tibbiyot muassasalariga, viloyatdagi ziyoratgohlarga olib borish uchun xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA