O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Navoiy viloyat hududiy birlashmasi hamda Navbahor tuman jamiyati tomonidan viloyat bolalar fitizatriya sihatgohida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Navoiy viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi 2014 yil o‘z faoliyatini boshlagan. 75 o‘ringa mo‘ljallangan sihatgohda 2 nafar oliy toifali shifokor, 39 nafar o‘qituvchi va tarbiyachi mehnat qiladi. Ayni damda bu yerda 75 nafar bola sog‘lig‘ini tiklab, ta’lim olmoqda.



– Sihatgohga mart oyida kelganman, – deydi xatirchilik 14 yoshli Hamdamova Shahrizoda. – Hademay uyimga ketaman. Bugungi tadbir menga juda manzur bo‘ldi. Biz uchun bayram dasturxoni va konsert dasturi tashkil etildi. Bu yilgi Mustaqillik bayrami men va o‘rtoqlarim uchun unutilmas xotiralarga boy bo‘layapti.
Tadbirda sihatgohda davolanayotgan bolalarga bayram dasturxoni yozilib, konsert dasturi namoyish etildi.





A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri