Muqobil energiya qulay va kamxarj
Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan elektr-energiyasini oqilona sarflash hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Yurtimizda yil davomidagi bulutsiz kunlar 250-270 kunni, quyoshning nurlanish davomiyligi esa 2850-3050 soatni tashkil qilishini inobatga olsak, qayta tiklanuvchi quyosh energiyasidan foydalanish eng qulay bo‘lgan energiya manbasi hisoblanadi.


Shundan kelib chiqib, Buxoro tumani “Shergiron” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Madaniyat” oxirgi to‘xtash bekati binosiga 8 kVt/s quvvatga ega bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi. Ushbu qurilmalar o‘rnatilishi natijasida avtostansiya binosida elektr-energiyasi sarfi sezilarli ravishda kamaydi.
Zarif Komilov,
O‘zA